Dizaynerlik pardalari – endi Toshkentda!

Garantiyaga ega, sifatli pardani qulay narxda buyurtma qiling va bonusga ega bo‘ling!

Bepul konsultatsiyaga ega bo’lish uchun quyidagi formani to’ldiring

Barcha ma’lumotlar maxfiy saqlanadi

Aksiyaning amal qilish muddati:

Nur o‘tkazmaslik

Shovqin o‘tkazmaslik

Inter’erning alohida elementi

Makonni kengaytirib ko‘rsatish xususiyati

Shamol yo‘nalishini o’zgartirish

Siz individual dizaynga ega serhasham pardaga buyurtma berishni xohlayapsiz...

Sifatli parda buyurtma qilmoqchisiz-u, dizayni va matosiga ortiqcha pul sarflash yoqmayaptimi?

Xonadon, uy, ofisni ta’mirlash hamda bezatishdan ortib parda uchun mato, karniz va atelye qidirishga vaqtingiz qolmayaptimi?

Yangi parda tiktirishdek quvonchli mashg‘ulot «boshog‘riq»qa aylanyaptimi?

CARBONADO Elita pardalar saloni Sizni o‘z shourumiga taklif qiladi!

Salonimiz o‘zining 25 yillik faoliyati davomida 45 000 dan ortiq mijozlarga ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatdi.

Jamoamizda 3 nafar professional dizayner hamda butun boshli tikuvchi-instruktorlar guruhi eng injiq mijozning istaklarini ham yuzaga chiqarishga shay bo‘lib turishibdi.

Salonimiz Sizni mamnuniyat bilan mato, dizayner va atelye qidirish muammosidan xalos qiladi.

Biz har qanday pardani individual dizayn asosida, sifatiga kafolat berib, bozor narxidan arzon narxda tikib beramiz.

MIJOZLARIMIZ NEGA AYNAN BIZNI TANLASHGAN:

  • Bizda matolarning yirik kolleksiyasi, turli rang va shakllar, butun dunyodan keltirilgan aksessuarlar tanlovi mavjud

  • Matolarimiz butkul gipoallergen bo‘lib, hech qanday yoqimsiz hidga ega emas

  • Dizaynerlarimiz har bir parda dizayn-loyihasini 3D formatda yaratishadi

  • Biz pardaning uslubi, matosi va rangini tanlashga yordam beramiz

  • Har bir mijoz uchun individual furnitura va aksessuar tanlaymiz

  • Bizda turli xil uslubdagi karnizlarning ulkan tanlovi mavjud

  • Har bir tayyor mahsulot mijozga yetkazib berilishidan oldin qat’iy sifat nazoratidan o‘tadi

  • Biz har bir mahsulotimizga 10 yilgacha garantiya beramiz

BIZDA YANA NIMA BUYURTMA QILSA BO‘LADI?

Choyshab

tiktirish

Dasturxon

tiktirish

Chexol

tiktirish

Yostiq

tiktirish

MIJOZLARIMIZ BIZ HAQIMIZDA:

Saodat, 32 yoshda.

Yaqinda Carbonado salonidan xaytek uslubida parda zakaz qiluvdim. Vashshe super chiqibdi. Yangi kvartiramizaga zo‘r tushdi. Material qidir, tikuvchi qidirladan charchaganidim. Bitta tanishim Carbonadoni etib qoldi. O‘zligini dizaynerlari borakan. Narxlari vashshe balan bo‘lsa keray deb o‘ylagandim. Yo, qaytanga bozor narxidan arzonga tushdi. Pardalarni sifatli i chiroyli qib tikiberishdi, qo‘lligi dard ko‘rmasin. Salon baribir salon de..

Munira, 46 yoshda.

Biz “Silani Carbonado” pardasidan tiktirdik. Rosa ko‘p salonlarni ko‘rib, oxiri shunga to‘xtaldik. Ayolimga ham juda yoqdi. Zakaz berganimizdan keyin, salondan kelib, o‘lchab ketishdi, dizaynini esa dizayner bilan birga tanladik. Materialini tanlaganimizdan keyin qisqa vaqt ichida bizga tikib, tayyor qilib berishdi. Sifatiga gap bo‘lishi mumkin emas. Mehnatingiz uchun rahmat!

Maftuna, 52 yoshda.

Qizimni turmushga bervotganim uchun butun uyga parda qilishim kerak edi. Hamma ishga, pardaga material olib, tikuvchima-tikuvchi yugurishka hech kimni vaqti yo‘q. Salon shourumini to‘satdan ko‘rib qolib, qizim bilan kirdik. Narxlari osmon bo‘sa kerak deb o‘ylagandik, yo‘q unaqa emas ekan. Bizni o‘ylovdan qutqarib, hammasini o‘zligi qilib berishdi. Kelib, o‘lchab, dizaynini tanladik, tikib, osib ketishdi. Baraka topishsin. Ko‘rganlar qayerda tiktirdiz, deb so‘rayapti.

SIZ BIZGA TO‘G‘RI KELMAYSIZ, AGAR:

  • An’anaviy parda emas, jalyuzi qidirayotgan bo‘lsangiz

  • Sifat hamda servisga ham qo‘shimcha pul to‘lamoqchi bo‘lsangiz

  • Pardani o‘zingiz tikib, professionallarniki kabi chiqishiga umid qilayotgan bo‘lsangiz

  • Haftalab bozor aylanib, atelye qidirishga vaqtingiz yetarli bo‘lsa

BIZ QANDAY ISHLAYMIZ:

Birinchi uchrashuv va konsultatsiya

Biz buyurtmachilarga mato tanlashda yordam beramiz – bu mahsulot yaratishning eng muhim etaplaridan biri. Mutaxassislarimiz konsultatsiya davomida eng mashhur mato turlarini ko‘rsatishadi. Mijoz matoni ushlab ko‘rib, o‘ziga yoqqanini tanlashi mumkin. Bu orada bir qator savollarga javob olishga to‘g‘ri keladi: Parda yupqa va yengil bo‘lsinmi yoki mijozga qalinroq matolar yoqadimi? Rangi och bo‘lsinmi yoki quyoshdan himoya qiladigan to‘qroqmi? Xonasi yorug‘ bo‘lishini xohlaydimi yoki qorong‘u? Bu kabi savollarning barchasi konsultatsiyada oydinlashadi.

Xonadonga borib o‘lchab kelish

Mijoz uyiga yetib borgan dizayner o‘lchash ishlarini olib boradi va tegishli tavsiyalarini berib o‘tadi. Dizayner xonaning ko‘rinishi, yoritilganlik darajasi, oshxona, yotoqxona, bolalar xonasi, mehmonxonami – o‘rganib, shunga qarab ma’lum o‘zgarishlar qilishi mumkin.

Pardaning 3Dda formatda individual dizayn-loyihasi ishlab chiqiladi

Pardaning dizayn-loyihasini ishlab chiqish – qiziqarli ijodiy jarayon bo‘lib, unda mijoz ham ishtirok etadi. Jarayon davomida Siz tasavvurlaringizni ishga solib, qanday parda xohlayotganingizni aytib turishingiz kerak. 3D loyiha tasdiqlangandan so‘ng narxi kelishiladi.

Pardaning yaratilish jarayoni.

Tasdiqdan o‘tgan dizayn-loyiha tajribali texnolog, bichuvchi hamda tikuvchilardan iborat mutaxassislarga yuboriladi.

Karniz hamda pardalarni yetkazib berish va o‘rnatish.

Barcha parda hamda mahsulotlar Sizga yetkazib berilguniga qadar qat’iy sifat tekshiruvidan o‘tadi. Pardalar yetkazib berilib, o‘rnatilgandan so‘ng to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tiladi.

Bizni tanlagan mijozlarga birinchi kimyoviy yuvish BONUS sifatida taqdim qilinadi!

TASAVVUR QILIB KO‘RING…

Siz chiroyli, serhasham, uyingiz interyeriga mos tushib, sizni har kuni quvontiradigan zamonaviy parda tiktirishni orzu qilyapsiz.

Va bu orzuingizni ro‘yobga chiqarish uchun arzonroq mato topaman deb do‘konma-do‘kon, bozorlarni aylanishingiz kerak. Mato topilgani bilan tikuvchi yoki atelye ko‘ngildagidek tikib bera olmasa, barcha harakatlaringiz behuda ketadi.

Shuncha qiynalishga na hojat!

Shunchaki bizning salonga kelib, buyurtma bering va bo‘ldi!

O‘sha orzuingizdagi chiroyli, o‘zgacha uslubdagi serhasham parda uyingida deb hisoblayvering.

Biz yaratgan pardalar Sizga har kuni quvonch ulashadi, mehmonlaringizni esa hayratga soladi!

AGAR HALI HAM IKKILANAYOTGAN BO‘LSANGIZ…

Agar Siz hali ham tayyor pardalarni do‘kondan sotib olaman yoki boshqa joydan buyurtma qildiraman, shourumlarda narx qimmat deb ikkilanayotgan bo‘lsangiz...

Sizga bir kichik sirni ochmoqchimiz…

Gap shundaki, biz binoni ijaraga olmaganmiz, ya’ni mazkur hashamatli shourum o‘z-o‘zimizniki!

Bu degani – mato, furnitura, karnizlar puliga ijara pulini ham qo‘shib hisoblamaymiz! Shunaqa gaplar.

Har bir detali benuqson – bu bizning asosiy tamoyilimiz va buning ustida har kuni ishlaymiz. Bundan tashqari mijozlar bizdan karnizlar ham xarid qilishlari mumkin.

Har bir detal bir-birini to‘ldiradigan qilib tanlanadi. Carbonado saloniga buyurtma berish orqali Siz kompleks servisga ega bo‘lasiz.  

Ariza qoldiring va bepul tarzda quyidagi xizmatlarni qo‘lga kiriting:

  • Professional konsultasiya

  • Yuksak darajadagi o‘lchov ishlari

  • 3D formatda yaratilgan dizayn-loyiha

  • Yetkazib berish va o‘rnatish

  • Birinchi kimyoviy tozalash

© 2022 Carbonado | All Rights Reserved.

This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.