
Dizaynerlik pardalari – endi Toshkentda!
Bepul konsultatsiyaga ega bo’lish uchun quyidagi formani to’ldiring
Aksiyaning amal qilish muddati:
Shovqin o‘tkazmaslik
Shamol yo‘nalishini o’zgartirish
CARBONADO Elita pardalar saloni Sizni o‘z shourumiga taklif qiladi!
Salonimiz o‘zining 25 yillik faoliyati davomida 45 000 dan ortiq mijozlarga ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatdi.
Jamoamizda 3 nafar professional dizayner hamda butun boshli tikuvchi-instruktorlar guruhi eng injiq mijozning istaklarini ham yuzaga chiqarishga shay bo‘lib turishibdi.
Salonimiz Sizni mamnuniyat bilan mato, dizayner va atelye qidirish muammosidan xalos qiladi.
Biz har qanday pardani individual dizayn asosida, sifatiga kafolat berib, bozor narxidan arzon narxda tikib beramiz.
MIJOZLARIMIZ NEGA AYNAN BIZNI TANLASHGAN:
Bizda matolarning yirik kolleksiyasi, turli rang va shakllar, butun dunyodan keltirilgan aksessuarlar tanlovi mavjud
Matolarimiz butkul gipoallergen bo‘lib, hech qanday yoqimsiz hidga ega emas
Dizaynerlarimiz har bir parda dizayn-loyihasini 3D formatda yaratishadi
Biz pardaning uslubi, matosi va rangini tanlashga yordam beramiz
Har bir mijoz uchun individual furnitura va aksessuar tanlaymiz
Bizda turli xil uslubdagi karnizlarning ulkan tanlovi mavjud
Har bir tayyor mahsulot mijozga yetkazib berilishidan oldin qat’iy sifat nazoratidan o‘tadi
Biz har bir mahsulotimizga 10 yilgacha garantiya beramiz
tiktirish
tiktirish
tiktirish
Saodat, 32 yoshda.
Yaqinda Carbonado salonidan xaytek uslubida parda zakaz qiluvdim. Vashshe super chiqibdi. Yangi kvartiramizaga zo‘r tushdi. Material qidir, tikuvchi qidirladan charchaganidim. Bitta tanishim Carbonadoni etib qoldi. O‘zligini dizaynerlari borakan. Narxlari vashshe balan bo‘lsa keray deb o‘ylagandim. Yo, qaytanga bozor narxidan arzonga tushdi. Pardalarni sifatli i chiroyli qib tikiberishdi, qo‘lligi dard ko‘rmasin. Salon baribir salon de..
Munira, 46 yoshda.
Biz “Silani Carbonado” pardasidan tiktirdik. Rosa ko‘p salonlarni ko‘rib, oxiri shunga to‘xtaldik. Ayolimga ham juda yoqdi. Zakaz berganimizdan keyin, salondan kelib, o‘lchab ketishdi, dizaynini esa dizayner bilan birga tanladik. Materialini tanlaganimizdan keyin qisqa vaqt ichida bizga tikib, tayyor qilib berishdi. Sifatiga gap bo‘lishi mumkin emas. Mehnatingiz uchun rahmat!
Maftuna, 52 yoshda.
Qizimni turmushga bervotganim uchun butun uyga parda qilishim kerak edi. Hamma ishga, pardaga material olib, tikuvchima-tikuvchi yugurishka hech kimni vaqti yo‘q. Salon shourumini to‘satdan ko‘rib qolib, qizim bilan kirdik. Narxlari osmon bo‘sa kerak deb o‘ylagandik, yo‘q unaqa emas ekan. Bizni o‘ylovdan qutqarib, hammasini o‘zligi qilib berishdi. Kelib, o‘lchab, dizaynini tanladik, tikib, osib ketishdi. Baraka topishsin. Ko‘rganlar qayerda tiktirdiz, deb so‘rayapti.
SIZ BIZGA TO‘G‘RI KELMAYSIZ, AGAR:
An’anaviy parda emas, jalyuzi qidirayotgan bo‘lsangiz
Sifat hamda servisga ham qo‘shimcha pul to‘lamoqchi bo‘lsangiz
Pardani o‘zingiz tikib, professionallarniki kabi chiqishiga umid qilayotgan bo‘lsangiz
Haftalab bozor aylanib, atelye qidirishga vaqtingiz yetarli bo‘lsa
BIZ QANDAY ISHLAYMIZ:
Mijoz uyiga yetib borgan dizayner o‘lchash ishlarini olib boradi va tegishli tavsiyalarini berib o‘tadi. Dizayner xonaning ko‘rinishi, yoritilganlik darajasi, oshxona, yotoqxona, bolalar xonasi, mehmonxonami – o‘rganib, shunga qarab ma’lum o‘zgarishlar qilishi mumkin.
Pardaning dizayn-loyihasini ishlab chiqish – qiziqarli ijodiy jarayon bo‘lib, unda mijoz ham ishtirok etadi. Jarayon davomida Siz tasavvurlaringizni ishga solib, qanday parda xohlayotganingizni aytib turishingiz kerak. 3D loyiha tasdiqlangandan so‘ng narxi kelishiladi.
Barcha parda hamda mahsulotlar Sizga yetkazib berilguniga qadar qat’iy sifat tekshiruvidan o‘tadi. Pardalar yetkazib berilib, o‘rnatilgandan so‘ng to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tiladi.
Siz chiroyli, serhasham, uyingiz interyeriga mos tushib, sizni har kuni quvontiradigan zamonaviy parda tiktirishni orzu qilyapsiz.
Va bu orzuingizni ro‘yobga chiqarish uchun arzonroq mato topaman deb do‘konma-do‘kon, bozorlarni aylanishingiz kerak. Mato topilgani bilan tikuvchi yoki atelye ko‘ngildagidek tikib bera olmasa, barcha harakatlaringiz behuda ketadi.
Shuncha qiynalishga na hojat!
Professional konsultasiya
Yuksak darajadagi o‘lchov ishlari
3D formatda yaratilgan dizayn-loyiha
Yetkazib berish va o‘rnatish
Birinchi kimyoviy tozalash
This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.